O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi rasmiy kanali/Oficjalny kanał ambasady Uzbekistanu w Polsce
3.68K subscribers
586 photos
147 videos
1 file
225 links
O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi faoliyatiga oid / Działalność Ambasady Uzbekistanu w Polsce
Теl.: + 48 22 894 62 30
Email: pl.consulate@mfa.uz (konsullik masalalari)

Bot: @Embuzpoland_bot
taplink.cc/uzbekistanembassypl
Download Telegram
Elchixona ko‘magida Surxandaryo viloyatiga tashrif buyurgan “Polsha-Osiyo“ Savdo palatasi prezidenti Y.Pexochinski boshchiligidagi biznes-missiyaning viloyat hokimi Ulug’bek Qosimov bilan uchrashuvi o’tkazildi.
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, qurilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya “Termiz xalqaro savdo markazi”dagi imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Подляски воеводлигига ташриф чоғида Белосток политехника университети ректори Марта Косиор-Казберук билан ўтказилган учрашувда ушбу олийгоҳнинг Хоразм вилоятида филиалини очиш, ЕИнинг “Erasmus+” лойиҳаси ва Польшанинг “NAWA” дастури доирасида грант асосида ўқитувчи ва талабалар алмашинувини йўлга қўйиш бўйича келишувга эришилди.
Польша ташқи ишлар вазири маслаҳатчиси Магдалена Полак-Золадкевич ва Ҳамкорликни ривожлантириш департаменти директори Магдалена Сидорович билан учрашув ўтказилди
Польша Стратегик захиралар давлат агентлиги, “Lane Kirkland“ стипендия дастури, «EURLO» дастури, “Adamed” компанияси ва бошқа хусусий жамғармалар, нодавлат-нотижорат ташкилотлар, меценатлар орқали Ўзбекистонга грант ва молиявий-техник кўмакни икки баробарга оширишга келишиб олинди.
Республикамизнинг экспорт салоҳиятини кенгайтириш, жумладан Европа бозорига киришдаги мавжуд тўсиқларни бартараф этиш мақсадида Польша инфратузилма вазири ўринбосари Павел Ганцарз билан учрашув ўтказилди.
Яқин фурсатлар ичида Варшавада Халқаро йўловчи ва юк ташувлари бўйича Ўзбекистон-Польша қўшма комиссиясининг навбатдаги йиғилишини ўтказиш бўйича келишиб олинди.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamyurtimiz, yosh grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Polshada oʻtkazilayotgan „Superbet Poland 2024“ turnirining blits yoʻnalishi 3-turidan oʻrin olgan bahsda norvegiyalik raqibi Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi.
Forwarded from Bekzod
Hurmatli futbol ishqibozlari!

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan Vistula universiteti bilan hamkorlikda futbol bo‘yicha turnir tashkil etilganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

📅 Sana va vaqt: 19-may 11:00 Soat

🏟 Joy: Vistula universiteti

🏆 8 ta ishtirokchi:

🎁 Sovrinlar: G'oliblar uchun

📝 Roʻyxatdan oʻtish: Roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu havolaga oʻting.

Boshqa jamoalar bilan bellashish orqali futbol mahoratingizni namoyish etish imkoniyatini boy bermang!
Maydonda omad va unutilmas lahzalar tilaymiz!


Telegram kanalimizga obuna bo'ling - @EmbUzPoland

Hurmat bilan,
Oʻzbekistonning Polshadagi Elchixonasi
#FlowerFestNamangan #flower_fest_63

Гуллар диёри Наманган яна Сизни чорлайди.
2024 йил 19 майдан 23 июнга қадар ўтадиган 63-халқаро “Гуллар фестивали”га марҳамат!
Бу йил янада зўр бўлади.
Келинг, кўринг, ўзингиз гувоҳ бўлинг!
Барчангизни Наманганда кутамиз!
Hurmatli kanalimiz obunachilari,

Barchangizni 2024 yil 18 may kuni Liv shahridagi qal'ada (Zamek w Liwie) bo'lib o'tadigan "O'zbekiston kunlari" tadbiriga lutfan taklif etamiz.
Assalomu aleykum Aziz futbol ishqibozlari,

Yuqorida aytib o'tganimizdek, 19 - may kuni Varshava shahridagi Vistula Universitetida O’zbekiston Respublikasi Elchixonasi kubogi uchun futbol musobaqasi bo'lib o'tadi.

Jamoalar soni chegaralanganligi sababli, faqatgina ro’yhatdan o’tgan birinchi 8 ta jamoa tanlab olinadi va ularga Elchixona tomonidan Elektron (E-mail) pochtalariga ishtirok etishlari uchun musobaqaga qatnashish taklifnomasi yuboriladi.

Tadbirda ishtirok eta olmagan jamoalar keyingi musobaqalarda faol qatnashishni so'rab qolamiz.


Bizning doimiy ijtimoiy tarmoqlardagi saxifalarimizni kuzatib
borishingizni so'rab qolamiz.


Hurmat bilan Polshadagi O’zbekiston Elchixonasi
"Agencja Informacyjna": Samarqandda kiyim-kechak va to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining xalqaro qo'shma kongressi bo'lib o'tadi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Узбекистан и Польша активизируют взаимодействие в правоохранительной сфере

Подробнее

Telegram на English | O'zbek | Facebook | Twitter | YouTube
O'zbekiston diplomatlari XMTning Polshadagi vakolatxonasi direktori bilan qo'shma tadbirlarni o'tkazish to'g'risida kelishib oldilar

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube